Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «Fernandesh biz uchun juda muhim futbolchi»

05.11.2023, 06:31

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag portugaliyalik yarim himoyachi va jamoasi sardori Brunu Fernandesh haqida gapirdi.

«Nega ba’zilar jamoa sardori sifatida Brunu Fernandeshga shubha qilishlarini tushunmayapman. U biz uchun muhim futbolchi. Hammaning xatolari bor va hech kim mukammal emas. Lekin, takror aytaman, u bizning klub uchun juda va juda muhim» – dedi ten Hag.

Fernandesh «Manchester Yunayted»da 2020 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi «mankunianliklar» safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnoma 2026 yilgacha amal qiladi.

Manba: www.stadion.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
05.11

Кечаги голда ростан топ футболчилардай ҳаракат қилди
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты