Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

De Xea «MYu»ga g‘alaba keltirgan Brunuga: «Sen noto‘g‘ri sardorsan»

05.11.2023, 15:02

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni David De Xea «Fulhem» bilan bahsda jamoasiga g‘alaba keltirgan Brunu Fernandeshga ijtimoiy tarmoqda murojaat qildi.

«Manchester Yunayted» sardori sanalmish portugaliyalik futbolchi APL 11-turi doirasidagi «Fulhem» (1:0) bilan bahsda jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qilgach, «MYu»ning sobiq darvozaboni va sardori David De Xea Instagram’dagi xabar ostida «Sen noto‘g‘ri sardorsan», – deya izoh qoldirdi.

De Xea bu orqali «MYu» sobiq sardori Roy Kinga javob qaytargan bo‘lishi mumkin. Irlandiyalik TV eksperti avvalroq, Brunu Fernandeshni tanqid qilib, uning «juda ko‘p nolishi, sardor sifatida yetakchilik qobiliyati yo‘q»ligi haqida gapirgan edi.

O‘tgan yilda esa Roy Kin David De Xeaning xatolaridan keyin jiddiy tanqid qilib, uning Ispaniya milliy jamoasidan chaqiruv olmayotgani bejizga emasligini aytgandi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты