Serxio Ramos: «2014 yil «MYu»ga o‘tishga yaqin edim. Otam bu klubning ashaddiy muxlisi»
06.11.2023, 09:38
«Sevilya» himoyachisi Serxio Ramos 2014 yil «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin bo‘lganini aytdi.
«2014 yil «Yunayted»ga o‘tishga yaqin edim. Chunki, otam – bu jamoaning ashaddiy muxlisi. «Real»da qolishga qaror qilganim sabab o‘tish amalga oshmagan. Shunga qaramay, hali ham bu jamoani qiziqish bilan kuzataman, shuningdek, APL va unda o‘ynayotganlarga befarq emasman. Chunki Premer Ligada o‘yin darajasi va tempi o‘ziga xos. Bu ligada to‘p surib, ko‘p narsani o‘rganish mumkin. O‘shanda Madridda qolganimdan xursand bo‘lganman, hozir esa «Sevilya»da ekanimdan baxtiyorman», – deydi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, Ramos 2005-2021 yillar davomida «Real» safida to‘p surib, 671 o‘yinda 101 ta gol va 40 ta uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba: www.tribuna.uz