Yangiliklar tasmasi
Fergyuson Ten Hagga ishonadi
07.11.2023, 22:42
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hagni klub afsonasi Aleks Fergyuson qo‘llab-quvvatlamoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar»ning sobiq ustozi klub rahbariyatini niderlandiyalik mutaxassisga vaziyatni to‘g‘irlash uchun vaqt berishga chaqirgan. Fergyusonning fikricha, teg Hag mankunianliklarni inqirozdan olib chiqishi mumkin.
Angliya chempionatining 11-turi yakunlariga ko‘ra, «qizil iblislar» 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
Manba: www.stadion.uz