Zabitser: «Ten Hag – perfeksionist»
07.11.2023, 22:50
Marsel Zabitser Erik ten Hagning murabbiylik mahorati haqida ijobiy fikr bildirdi.
«Siz uni ertalab soat uchda uyg‘otishingiz mumkin va u sizga butun o‘yin rejasini yoddan aytib beradi. U futbol va taktikani juda yaxshi biladigan, juda mehnatkash, perfeksionist.
Yomon o‘yin o‘tkazsam, u menga ba’zi vaziyatlarni ko‘rsatib, keyingi safar nima qilishim kerakligini aytdi. Menga bu yoqadi. Siz qanday vaziyatda ekanligingizni u biladi.
U hech qachon hamma aybni sizga yuklamaydi. Buning o‘rniga u tashqariga chiqib, keyingi safar yaxshiroq o‘ynashni aytadi.
Uning qo‘l ostida ishlaganimda futbol haqida ko‘p narsalarni o‘rgandim. U juda yaxshi murabbiy», – dedi 2022/23 yilgi mavsumning yarmini «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan yarim himoyachi.
Manba: www.stadion.uz