Ten Hag Kazemiro va Martines qancha muddat «MYu»ga yordam bera olmasligini ma’lum qildi
08.11.2023, 16:57
Kazemiro va Lisandro Martines dekabr oyi oxirigacha maydonga qaytishmaydi.
Bu haqda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kazemiro Angliya Liga Kubogi doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda (0:3) son mushaklaridan jarohatlagandi.
Lisandro Martines esa oktabr oyi boshida operatsiya qilingan va 2-3 oyga safdan chiqishi kutilgandi.
«Kazemiro va Martinesning jarohatlari juda jiddiy. Ularning Rojdestvogacha qaytishlarini kutmayapman», – deydi niderlandiyalik mutaxassis «Kopengagen»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Manba: www.tribuna.uz