Ten Hag: «Chetlatish hammasini o‘zgartirdi, raqibning golida ofsayd bor edi. Mavsum davomida bizga qarshi qarorlar qabul qilinmoqda»
09.11.2023, 15:21
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag YeChL 4-turidan o‘rin olgan «Kopengagen» (3:4) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘ylashimcha, qizil kartochkagacha juda yaxshi o‘ynadik. Chetlatish hammasini o‘zgartirdi. Shundan so‘ng o‘yin boshqacha bo‘ldi.
Chetlatish – qattiq qaror. Menimcha, hakamning ishonchi komil emasdi.
Ko‘p ijobiy tomonlarni ko‘rdim, lekin kontsentratsiyani yo‘qotib gollar o‘tkazib yubordik. 10 futbolchi bilan shuncha vaqt o‘ynash qiyin.
Dastlabki 20 daqiqada «MYu» eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi. Qolaversa, 10 futbolchi bilan ham bahsni nazorat qildik.
Juda qattiq kurashdik va shunga qaramay bir ochko ham qo‘lga kirita olmadik. Bu xafsalani pir qildi.
Tanaffusdan keyin ham yaxshi o‘ynadik. Biz o‘tkazib yuborgan ikki gol hisoblanmasligi kerak edi. Birinchi holatda ofsayd bo‘ldi, Onananing oldida futbolchi bor edi. Faqat bugun emas, boshqa o‘yinlarda ham bizga qarshi ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Lekin mavsum uzoq, bir kun kelib hammasi bizning foydamizga hal bo‘ladi», – deydi ten Hag.
Eslatib o‘tamiz, bellashuvda mankunianliklar hujumchisi Markus Reshford 42-daqiqada qizil kartochka oldi. O‘shanda «MYu» 2:0 hisobida oldinda edi.
Manba: www.tribuna.uz