Ten Hag: «MYu» yaxshi vaziyatda»
12.11.2023, 18:13
«Manchester Yunayted» ustozi Erik ten Hagning fikricha, jamoasining APLdagi holati yomon emas.
«Biz to‘qnash kelgan muammolardan keyin ham birinchi to‘rtlikka juda yaqinmiz. Biz yaxshi futbol namoyish etib, to‘liq tarkibda bir necha hafta yoki oy o‘ynay boshlasak, boshqalar ochko yo‘qotadi.
APLning so‘nggi 5 ta o‘yinidan 4 tasida g‘alabaga erishdik. Biz juda yaxshi vaziyatdamiz. Muammolarimizni hisobga olsak, bu haqiqat.
Buyog‘iga o‘yinimiz darajasini oshirishimiz lozim. Ko‘p vaziyat yaratishimiz menga ishonch bag‘ishlayati», – deydi ten Hag.
Manba: www.championat.asia