Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» bosh direktori Richard Arnold klubni tark etdi

15.11.2023, 22:50

Klub rasman buni ma’lum qildi.

«Manchester Yunayted» klubi jamoa bosh direktori Richard Arnoldning istefosini e’lon qildi. Sky News ma’lumotiga ko‘ra, Richard Arnoldning ketishiga jamoa aksiyalarinining 25% qismini sotib olayotgan Jim Retkliffning klubga kelayotgani sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Richard Arnold 2007 yildan beri «MYu»da faoliyat olib boradi. So‘nggi ikki yil u klub bosh direktori lavozimida ishladi.

«Manchester Yunayted» qisqa muddatga Patrik Styuartni bosh direktor etib tayinladi. Klub hozirgi vaqtda uzoq muddatga bosh direktor qidirmoqda.

Manba: www.championat.asia

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты