Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kazemiro «MYu»dan Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin

16.11.2023, 18:20

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro jamoa bilan xayrlashishi mumkin.

Jurnalist Aleks Kruk xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchini Saudiya Arabistonining bir qator klublari o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Arab chempionati yetakchilari yarim himoyachi uchun katta maoshli shartnoma taklif qilishga tayyor. «Manchester Yunayted» yangi rahbariyati ham yaxshi taklif bo‘lsa, Kazemironi sotishga qarshi emas.

31 yoshli Kazemiro 2022 yilda «Real»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tib, 2026 yilgacha shartnoma imzolagandi. U joriy mavsum jami 12 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol muallifiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Kazemiro jarohat sababli so‘nggi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Avvalroq, klub rasmiy sayti futbolchining bir necha haftaga safdan chiqqani haqida xabar bergandi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
17.11

Каземиро сал кечроқ ўттида М. Ю. га
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты