Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Retkliff Fergyuson bilan maslahatlashgan holda ishlaydi

19.11.2023, 11:21

Ser Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted»ning yangi aksioneri bo‘layotgan Jim Retkliffning maslahatchisi bo‘ladi.

Oldinroq ma’lum bo‘lganidek, Retkliff 1,25 mlrd funt evaziga «Manchester Yunayted»ning 25 foiz aksiyasini sotib oladi. U rasmiy ravishda ishlarni bitirganidan keyin mankunianliklarning afsonaviy bosh murabbiyining maslahatlarini eshitadi.

Bu orqali «Kristal Pelas»ning sport direktori Dug Fridmanning «MYu»da ish boshlashi imkoniyatlarini oshiradi. O‘z navbatida Retkliffning boshqa variantlari ham bor va ayni damdagi direktor Jon Mertoning o‘rni ham «mustahkam» emas.

Ayni damda «Tottenhem»ning rekruting bo‘yicha sobiq rahbari Pol Mitchell, «Atalanta»da kadrlar bo‘limi boshlig‘i Li Kongerton, «Milan»ning sobiq direktorlari Paolo Maldini hamda Frederik Massara va «Atletiko» sport direktori Andrea Bertuning nomlari ham «Manchester Yunayted» bilan bog‘lanmoqda.

Manba: www.championat.asia

+

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
19.11

Фергюсон кетгандан бери М. Ю. ни аҳволи яхшимас

  Nodir [off]
19.11

Нима бўсаям М. Юни аввалги ҳолига қайтарса бўлди
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты