Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» qozog‘istonlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

23.11.2023, 00:04

Himoyachi hozirda Rossiyaning «Zenit» klubi sharafini himoya qiladi.

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Qozog‘iston terma jamoasi va «Zenit» klubi himoyachisi Nurali Alipga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El.kz nashri xabar berdi.

Inglizlarning so‘nggi paytlarda katta miqdorda pul sarflagan futbolchilari o‘zini oqlamayapti. Shu bois, klub endilikda mo‘may mablag‘ evaziga iqtidorlarni jalb etmoqchi. Qolaversa, Maguayr va Evans kabi futbolchilar ishonchni to‘la oqlamayapti.

Transfermarkt qozog‘istonlik futbolchini 2 million yevroga baholagan.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
23.11

Ўйинини кўрмаган эканман қандай ўйинчм экан
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты