Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Shou safga qaytishga yaqin turibdi

23.11.2023, 00:16

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou safga qaytishga yaqin turibdi.

«Mankunianliklar» rasmiy sayti angliyalik futbolchi jarohati sabab bir necha oydan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Manchester Yunayted» Shouning o‘rniga qisqa muddatga «Tottenxem»dan Serxio Regilonni ijaraga olgandi.

O‘tgan mavsumda Lyuk nafaqat himoyaning chap qanotida, balki himoya markazida ham o‘ynadi. Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag uchun juda muhim edi.

Manba: www.stadion.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
23.11

Мана бу яхши хабар
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты