Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Gana parlamenti deputati Maguayrdan kechirim so‘radi. «MYu» himoyachisi uzrni qabul qildi

24.11.2023, 10:31

Gana parlamenti deputati Ayzek Adongo 2022 yilda «Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayrni tanqid qilgani ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgandi.

«Raqib hujum qilib gol ura olmagan taqdirda, Harri Maguayr raqib jamoa a’zolarining o‘rniga bu ishni bajarib beradi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida ham ziyon keltiradigan shunday inson bor», – deya Gana bosh vaziri o‘rinbosarini tanqid qilgandi deputat.

Ushbu haftada Adongo parlamentdagi navbatdagi chiqishida angliyalik himoyachidan uzr so‘rab, Maguayrning hozirga kelib «Manchester Yunayted» uchun muhim o‘yinchiga aylanganini e’tirof etdi. Ganalik siyosatchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ham yozgach, Maguayr «Uzringiz qabul qilindi. «Old Trafford»da ko‘rishguncha», – deya javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, Harri joriy mavsum klubi safida jami 11 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. «MYu» APLdagi so‘nggi 5 o‘yindan 4 tasida g‘alabaga erishdi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты