Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Angliyaga chaqirilmayotgan Uan-Bissaka Afrika jamoasidan taklif oldi

24.11.2023, 15:08

Aaron Uan-Bissaka Kongo DR milliy jamoasidan chaqiruv oldi.

«Manchester Yunayted» himoyachisi 2024 yilgi Afrika Kubogida Kongo DR safida o‘ynash uchun taklif oldi. 25 yoshli futbolchi Afrika jamoasida debyutini o‘tkazish haqida o‘ylayapti, biroq hozircha bir qarorga kelmagan.

Agar Uan-Bissaka taklifni qabul qilsa, «MYu» qishda bir necha hafta davomida undan foydalana olmaydi. Afrika Kubogi 13 yanvardan 11 fevralgacha bo‘lib o‘tadi.

Aaron Angliyada tug‘ilgan, ammo kelib chiqishi Kongodan. U Kongo DR U17 jamoasida 1 ta, Angliya U20da 2 ta va Angliya U21da 3 ta o‘yin o‘tkazgan. U hali asosiy milliy jamoalarda o‘ynamagan.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты