Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

UEFA «MYu»ni yevrokuboklarning keyingi yilgi mavsumiga qo‘ymasligi mumkin

24.11.2023, 16:25

«Manchester Yunayted» aksiyalarining bir qismi britaniyalik tadbirkor Jim Retkliffga sotiladigan bo‘lsa, klub yevrokuboklarning keyingi mavsumiga qo‘yilmasligi mumkin.

Gap shundaki, unga tegishli bo‘lgan «Ineos» kompaniyasi Fransiyaning «Nissa» klubiga egalik qiladi. UEFA esa bir shaxs yoki kompaniyaga tegishli ikki yoki undan ortiq jamoalarning bir musobaqada ishtirok etishini taqiqlaydi.

Agar «MYu» va «Nissa» klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega bo‘lsa, ulardan biriga taqiq qo‘yiladi. Reytingda yuqori o‘rinni egallaganiga turnirda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Retkliff yaqin orada «MYu»ning 25 foiz aksiyalarini sotib olishi kutilmoqda.

Manba: www.stadion.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
24.11

Беманилик
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты