Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Meyson Mauntni yo‘qotdi

25.11.2023, 03:57

«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Meyson Maunt jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Juma kuni futbolchi qancha vaqtni o‘tkazib yuborishi mumkinligini ko‘rsatadigan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda gapirdi.

Qayd etilishicha, Maunt imkon qadar tezroq safga qaytishga qaror qilgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «Manchester Yunayted»ning 12 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Ularda Maunt bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.stadion.uz

+

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
25.11

Chelsidagi Maunt yo'q bo'lib ketgan afsuski negadur uyini chiqmayaptida

  Nodir [off]
25.11

Ҳеч омади чопмадида шуни
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты