Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» La Liga klubidan hujumchi xarid qiladi

25.11.2023, 04:16

Ispaniyaning «Real Soseydad» klubida o‘ynayotgan 26 yoshli nigeriyalik markaziy hujumchi Umar Sodiq hamon Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

«Mankunianliklar» uchun sof hujumchilar yetishmayapti va Sodiq bu borada ularga yordam berishiga umid qilishmoqda.

«Qizil iblislar» qishki transfer oynasida Umar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Uning bozor narxi 16 million yevroga baholanmoqda va uning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2028 yilda yakuniga yetadi.

Hujumchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hamon gol ura olmadi. U 11 uchrashuvda bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: www.stadion.uz

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
25.11

Yana bitta musur
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты