Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Varanning ten Hag bilan munosabati yomonlashgan. U murabbiyning Evans va Lindelyofni tanlayotganidan norozi

25.11.2023, 17:04

«Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael Varanning jamoa ustozi Erik ten Hag bilan munosabati sovuqlashgan.

Daily Mail xabariga ko‘ra, «Manchester Siti»ga (0:3) qarshi o‘yinda murabbiy fransiyalik himoyachini asosiy tarkibga tushirmagach, oktabr oyi oxirida ular o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan. O‘shanda murabbiy himoyachiga sport formasini to‘liq tiklab olganidan keyin asosiy tarkibga qaytarishi mumkinligini aytgan bo‘lsa-da, Rafael so‘nggi uch o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.

Varan ten Hagning markaziy himoyachilar tanlovida Harri Maguayr bilan juftlik uchun dastlab Jonni Evans, keyin esa Viktor Lindelyofni tanlayotganidan norozi bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, 30 yoshli himoyachi FIFA kunlaridan keyin ham murabbiyning ishonchiga kirmasa, qishki transfer oynasida boshqa variantlar ustida bosh qotirishi mumkinligi xabar qilingan.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты