Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maunt yana jarohat oldi

26.11.2023, 00:07

Meyson Maunt uch oy ichida ikkinchi marta jarohat oldi.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi jarohat tufayli ko‘rikdan o‘tdi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

MEN xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi boldir suyagidan jarohat olib, bir oyga safdan chiqdi.

Bu – Mauntning «Manchester Yunayted»dagi ikkinchi jarohati. 19 avgust kuni u APLning 2-turida «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda (0:2) jarohat olib, bir oydan ko‘proq maydonga tusholmagandi.

Yarim himoyachi bu mavsumda Premer Ligada na gol urdi, na assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты