Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «MYu» rahbariyati mendan «Ayaks» kabi o‘ynashni emas, g‘alaba qozonishni so‘rashadi»

26.11.2023, 08:15

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag shartnoma tuzish chog‘ida ingliz klubi rahbariyati oldiga qo‘ygan vazifalar haqida gapirdi.

«Manchester Yunayted» «Ayaks»dek o‘ynashi uchun men bilan shartnoma imzolamadi. Klubimiz doimo g‘alaba qozonishi uchun men bilan shartnoma imzolandi.

Rahbariyat loyihamizni «Ayaks»ga o‘xshatib ishlab chiqishimni xohlamoqda. Biz tez-tez o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. O‘ylaymanki, men buni allaqachon bir nechta o‘yinlarda ko‘rsata oldim», – dedi Ten Hag.

«Qizil iblislar» ayni damda APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Ten Hag shogirdlari 12 turdan keyin 21 ochko to‘plashdi.

Manba: www.stadion.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты