Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Garnacho supergol kiritgan o‘yinda «MYu» «Everton»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

27.11.2023, 10:36

Angliya Premer Ligasi 13-turi doirasidagi yakshanba kungi so‘nggi o‘yinda «Manchester Yunayted» yirik g‘alabaga erishdi.

«Everton» maydoniga safar qilgan Erik ten Hag shogirdlari 3-daqiqadayoq Garnachoning akrobatik supergoli bilan hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa Marsyal ishlagan penaltini Reshford golga aylantirgan bo‘lsa, 75-daqiqada Marsyalning o‘zi hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

Shu tariqa, «MYu» APLda so‘nggi 6-o‘yinidagi 5-g‘alabasiga erishib, 24 ochko bilan «Nyukasl»ni ortda qoldirgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Yunayted» navbatdagi o‘yinda «Nyukasl» maydoniga safar qiladi.

APL. 13-tur

«Everton» – «Manchester Yunayted» 0:3

Gollar:
0:1 – 3 Garnacho, 0:2 – 56, penalti Reshford, 0:3 – 75 Marsyal.

«Everton»: Pikford, Yang (Patterson, 73), Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Harrison, Guye, Dukure, Garner, Dobbin, Kelvert-Lyuin (Shermiti, 82), MakNil (Dandjuma, 73).

«Manchester Yunayted»: Onana, Dalot, Maguayr, Lindelyof, Shou (Uan-Bissaka, 76), B. Fernandesh, MakTomini, Maynu (Amrabat, 72), Garnacho (Pelistri, 72), Marsyal (Mejbri, 84), Reshford.

Ogohlantirishlar: Yang (21), Dukure (29).

+

Oxirgi fikrlar

  Жахонгир [off]
09.12

Mani profilim saqlanib tursin, iltimos

  Жахонгир [off]
09.12

Saytdagi bo'limlarni yangilab turmayabsiz. Fayoz aka
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты