Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Tanaffusda jamoani tanqid qildim» – ten Hag «Everton» ustidan g‘alaba, Garnacho va Reshfordning gollari haqida

27.11.2023, 11:24

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 13-turidan o‘rin olgan «Everton»ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ehtimol, Garnacho mavsumning eng chiroyli golini urdi. Nafaqat zarba, balki hujum ham yaxshi bo‘ldi. Fantastik yakun.

O‘yin boshlanganidan keyin biz juda xotirjam edik. Tanaffusda jamoani tanqid qildim, o‘yinchilar ish hal bo‘ldi deb o‘ylashdi. Bunday qila olmaysiz – 100 daqiqani maydonda o‘tkazishingiz kerak. Ikkinchi bo‘limda juda yaxshi harakat qildik.

3 hujumchimiz gol urishdi. Bu – bizga kerak bo‘lgan narsa. Bu bizga jamoa sifatida yordam beradi.

Reshfordning penaltidan urgan goli? (13 o‘yindan so‘ng to‘p kiritdi) U haqiqatan ham kerak edi. Brununing sardor sifatida qanchalik buyuk ekanligini ham ko‘rasiz. U jamoadoshiga bu gol kerakligini tushundi va penaltini Reshiga ishondi. Jamoa sifatida bizga hamma bir-birini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Bosqichma-bosqich borishimiz kerak. Bu ham bir qadamdir», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты