Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Vernerga qiziqmoqda

29.11.2023, 11:20

«Leyptsig» hujumchisi Timo Verner «Manchester Yunayted» e’tiborini tortdi.

Sky Sport Deutschland jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, 27 yoshli nemis qishki transferlar oynasi uchun mankunianliklar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Hozircha hech qanday muzokaralar, shuningdek, transfer bo‘yicha takliflar ham yo‘q, ammo «MYu» futbolchi haqida ma’lumot so‘ragan.

«Chelsi»ning sobiq forvardi «Leyptsig»dagi holatidan norozi, ammo bu bosqichda hech bo‘lmaganda yozgacha klubda qolishga moyil.

Bundesliganing ushbu mavsumida Verner 8 ta o‘yin o‘tkazib, har bahsda o‘rtacha 25 daqiqadan o‘ynadi va 2 ta gol urdi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
29.11

Ishqilib hisobni saqlaylakda
S

  Sultonboy [off]
29.11

Brunoooooo
S

  Sultonboy [off]
29.11

Daxshat o'yin bo'layapdi
Umumiy: 23
« 1 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты