Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr APLda oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilindi

08.12.2023, 16:43

APL rasmiy sayti noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomini rasman e’lon qildi.

Angliya Premer Ligasi noyabr oyi yakunlariga binoan, Harri Maguayr oyning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.

+

O‘tgan oyda «Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr APLda 3 uchrashuvda maydonga tushgan va 3 g‘alaba bilan birga jamoasi darvozasi daxlsiz qolishiga hissa qo‘shgandi.

Angliyalik himoyachidan tashqari yana 5 futbolchi – Jeremi Doku («Manchester Siti» – 3 o‘yinda 1 gol va 4 assist), Entoni Gordon («Nyukasl» – 3 o‘yinda 2 gol va 1 assist), Tomas Kaminski («Luton» – 3 o‘yinda 15 seyv), Rahim Sterling («Chelsi» – 3 o‘yinda 2 gol va 1 assist), Markus Taverne («Bornmut» – 3 o‘yinda 2 gol) ham nomzodlar safidan o‘rin olgandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan uch oy davomida Jeyms Meddison («Tottenhem»), Son Hyon Min («Tottenhem») va oktabr oyida Muhammad Saloh («Liverpul») eng yaxshi o‘yinchiga atalgan sovringa ega chiqqandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Жахонгир [off]
09.12

Saytni qanday qilib oldingi darajasiga qaytarsak bo'ladi

  Жахонгир [off]
09.12

Wuncha xurliklarni yengib o'tdi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты