Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher «Nyukasl» bilan o‘tgan o‘yin, tig‘iz taqvim va Grinvud haqida gapirdi

27.12.2019, 15:01

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 19-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yindan so‘ng (4:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hisob 0:1 bo‘lib turgan paytda jamoamiz raqibni xato qilishga majbur qildi va bundan foydalanib qoldi. «Uotford» bilan o‘yinda ham vaziyatlarni yaratgandik, ammo foydalana olmadik.

Meyson Grinvud – yaxshi hujumchi. U doim darvozaga aniq to‘p tepshini bilasiz. Uning golini ko‘rish juda yoqimli. Pol Pogba uzoq vaqt yo‘q edi va jarohatdan keyin biroz moslashishi kerak. U qo‘sha oladi.

Taqvimga kelsak, o‘yinchilarning 3 kun ichida 2 ta o‘yin o‘tkazishlarini talab qilish – adolatsizlik. Lekin harakat qilishimiz kerak. Bizda aqliy jihatdan kuchli, yosh jamoa bor. Bu esa bizning tayyor bo‘lishimizni anglatadi», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, «MYu» 20-turda 28 dekabr kuni «Byornli» bilan safarda o‘ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.12

Ха гапирмен умидбек бу тормиз чимпианат охрида иш корсатади парод килади йоки 8 йоки 9 оринларди омаса болди бу гат

  [off]
27.12

Holid Sulsherning Myusi 1 qadam oldinga 2 qadam orqaga stilida öynayapti!

  [off]
27.12

ГГМЮ

  [off]
27.12

1 ва 2 оринларда юрганигда кегин коркмасдан гапир сулшер хозир коп гарирма болларга духди бер хар ойинда бирхил тепда ойнашди тушунтир 1 та ютасан 2та ютказсан бунака котакча ойин кима

  [off]
27.12

Ха тогри айтсиз

  [off]
27.12

Sulsher tushun, bizga g'alabadan köra galabalar seriyasi kk.
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты