Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Reshford: «Ronaldudek sakrab, bosh bilan gollar urish ustida ishlayapman»

27.12.2019, 17:44

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford APLning 19-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda (4:1) bosh bilan gol urdi.

«Hozircha Krishtianu Ronaldu darajasida sakraganim yo‘q, ammo buning ustida ishlayapman», – deb yozadi Reshford o‘zining «tvitter»dagi rasmiy sahifasida.

Reshford bu mavsumda APLda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan «Sampdoriya» bilan o‘yinda (2:1) g‘alaba golini urgan edi. O‘shanda u 71 smga sakrab, 256 smdan bosh bilan gol urgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.12

Oz ustingda ishla Resh bizz sen bilanmiz olga Reshford omad

  [off]
27.12

Ха бита бош блан гол уриб роналдо бовоса сулшер нуксилди ютволиб фергийсун бовоса тойгизди бу самзиваслар
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты