Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pol Skoulz: «Bizning davrimizda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrini ahamiyatsiz edi»

28.12.2019, 05:28

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning aytishicha, klublar o‘rtasida jahon chempionatidagi g‘oliblik o‘z vaqtida «MYu» uchun katta ahamiyatga ega bo‘lmagan.

«Bu turnirda ishtirok etayotganing uchun, albatta, g‘alaba qozonishga intilasan. Ammo klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi – sen yutishni juda orzu qiladigan narsa emas.

Qachonlardir mendan yutgan sovrinlarimni so‘rashsa, bu turnirdagi g‘oliblik esimga ham kelmasa kerak. Balki, bu sovrinning nufuzi so‘nggi yillarda oshgan, shu bois «Liverpul» futbolchilari turnirdagi g‘oliblik onlaridan lazzatlanayotgandirlar. Ammo bizning davrimizda bu turnir va sovrin hech qanday ahamiyatga ega emasdi», – deydi Skoulz.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» 2008/09 yilgi mavsumda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgandi, «Liverpul» esa yaqinda finalda «Flamengo»ni mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Pol Skoulz 1993 yildan 2013 yilga qadar «MYu» safida faoliyat olib borib, 11 karra Angliya chempioni, ikki marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Doniyor xiva [off]
28.12

Kormagami korgani qursin didiqu skols oga

  [off]
28.12

Бунака ойинчилар кам хозирги хамма ойинчилар пул юрипти
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты