Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Ajoyib o‘ynadik. G‘oliblik ruhini saqlab qolmoqchimiz»

29.12.2019, 13:17

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 20-turidan o‘rin olgan «Byornli»ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik. O‘yinni nazorat qildik va maydonda ustunlik qildik. Ikkinchi bo‘limda raqib jarima maydonchamiz ichida vaziyatlar yaratdi. Lekin biz o‘zimizni juda yaxshi himoya qildik.

Quruq o‘yin o‘tkazish va natija uchun astoydil mehnat qilishimiz kerakligini bilish muhimdir. Bitta gol urganingizda hamisha ham g‘alaba qozonavermaysiz, shuning uchun bunday paytda quruq o‘yin o‘tkazish jadvalda yuqoriga ko‘tarilish imkoniyatini oshiradi.

Qarshi hujumlar uchun bizda juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Ajoyib o‘ynadik. Biz mana shu g‘oliblik ruhini saqlab qolmoqchimiz. Qatorasiga ikki g‘alabaga erishdik. «Uotford»dan uchralgan mag‘lubiyatga munosib javob berdik. Biz ketma-ket ikki marta yutqazmaganmiz va bu ham xursand qiladi», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.12

Ажойиб ойнашмадин барбир суст 1 та голданкегин хотиржам болишволяпти
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты