Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

MakTomini 3-4 haftaga safdan chiqdi

29.12.2019, 17:41

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida yarim himoyachi Skott MakTomini safdan chiqqanini ma’lum qildi.

Murabbiyning aytishiga ko‘ra, garchi futbolchi «Nyukasl»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limini yakunlay olgan bo‘lsa-da, uning o‘ng oyog‘ida jiddiy shikastlanish aniqlangan. Shu boisdan Skott taxminan 3-4 haftani maydondan tashqarida o‘tkazib yuboradi.

U katta ehtimol bilan 30 yanvar kuni «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan o‘yinga qadar safga qaytishi mumkin.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты