Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Skoulz: «MYu»ning hujum uchligi – Yevropaning eng yaxshi klublarinikidan qolishmaydi»

29.12.2019, 17:48

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Pol Skoulz APL 20-turi doirasidagi «Byornli» – «Manchester Yunayted» (0:2) o‘yinidan keyin Sulsher jamoasining hujum chizig‘i imkoniyatlarini yuqori baholadi.

«Manchester Yunayted»ning hujum uchligi – Angliya Premer Ligasi yoki Yevropaning eng yaxshi klublarinikidan qolishmaydi. Faqatgina orqa chiziqlar xavotirga soladi. To‘g‘ri, Pogbaning nimalarga qodirligini va qanday futbolchi ekanligini bilamiz. Ammo u barcha narsadan qoniqsa va faqat o‘yin haqida o‘ylasagina, o‘z o‘yinini namoyish eta oladi hamda jahonning eng yaxshi yarim himoyachisiga aylanadi. Afsuski, yarim himoya chizig‘idagi aksariyat futbolchilarni «MYu» uchun munosib deb o‘ylamayman», – deydi Skoulz.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» 20-turdan keyin 31 ochko jamg‘arib, Angliya Premer Ligasida 5-o‘ringa chiqib oldi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.12

Ronaldo. Rooney. Nani. Otmishdagi
Reshford. Marsyal. Jeyms. Hozirgilarni shularga oxshataman

  [off]
29.12

Haqiqatdan hujum yaxshiyu lekin zashita yomon

  [off]
29.12

Редфорд мартиал Джеймс

  [off]
29.12

Раналду Руни тандемиданам кучли хозирги хужим чизиги Хозин трио бор мюда
a

  admin [off]
29.12

Матич, Фред, Лингард каби уйинчилар МЮда уйнаши керак эмас.

  [off]
29.12

Tup tug'r frid munosip bas
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты