Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Lingard faoliyatidagi eng yomon yilini o‘tkazdi

29.12.2019, 19:26

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatidagi eng yomon yilini o‘tkazdi.

2019 yil yakunlariga ko‘ra, futbolchi APLning 28 o‘yinida qatnashdi, biroq biror marta natijaga ta’sir qiladigan ishlarni amalga oshirmadi. 2018/19 yilgi mavsumning birinchi davrasida u 4 gol urib, 2 assistentlikni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.

Lingard «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bunga qadar u «Lester», «Birmingem Siti», «Brayton» va «Derbi Kaunti» kabi jamoalarda ijara asosida o‘ynagan.

Uning «MYu» bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты