Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» «Lion» hujumchisiga qiziqmoqda

31.12.2020, 03:20

«Manchester Yunayted» «Lion» hujumchisi Mussa Dembelega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, ingliz klubi Erling Holandni qo‘lga kirita olmagach, e’tiborini «Lion»ning fransiyalik hujumchisiga qaratgan. «Manchester Yunayted» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Mussa Dembeleni short-listga qo‘shgan va uni zaxira varianti sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Mussa Dembele Fransiya chempionati joriy mavsumida 18 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta golga mualliflik qilgan.

Oldinroq, Dembelega Londonning «Arsenal» va Turinning «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.01

Salom.MYU muxlislari.Dembele bizniki xudo xohlasa.

  [off]
01.01

Salom.MYU muxlislari.Dembele bizniki xudo xohlasa.

  [off]
31.12

tez olish kerak boʻlmasa ilib ketadi qolasan

  [off]
31.12

Faqat qiziqaveradi boshqalar esa ilib ketaveradi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты