Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Marsyalning rafiqasi: «U Mourino bilan umuman gaplashmasdi»

31.12.2020, 03:34

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyalning rafiqasi Melani da Krus turmush o‘rtog‘i hamda Joze Mourino o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi.

«Bizning dastlabki ikki yilimiz juda og‘ir o‘tdi. Chunki Mourino Marsyalni hisobdan chiqarib bo‘lgandi. Antonining ham ruham, ham jismonan o‘zini sindirayotganini ko‘rayotgandik. Shunday og‘ir davrlar keldiki, bosh murabbiydan qochish uchun ayrim tadbirlarga ham bormasdik.

Agarda futbolchi bosh murabbiyidan hafa bo‘lsa, ko‘pchilik ayollar buni ijtimoiy tarmoqlarda yozib chiqaradi. Men ham shunday qilishim borasida Antonidan so‘ragandim, biroq u buni istamadi», – deydi Melani da Krus.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
31.12

Ози Моуриню факат кексаларни йигиб,жамоа ойинини жуда зерикарли ахволга олиб келган эди.Хозир маглубият ва дурранглар болиб турган болса хам дарвозага аник зарбалар,ва хужумлар рангба ранглиги ошган.Футбол эса шуниси билан кизик.Факат натижа учун ойнедигон,Автобуси билан эмас
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты