«MYu» 5 yil ichida ilk bor raqib darvozasiga aniq zarba bermadi
05.01.2020, 10:51
«Manchester Yunayted» Angliya Kubogining 1/32 finalidan o‘rin olgan «Vulverxempton» bilan o‘tgan bahsda (0:0) raqib darvozasiga aniq zarba bera olmadi. Sulsher shogirdlari «bo‘rilar» darvozasi tomon 12 ta zarba berishgan, ammo hammasi noaniq bo‘lgan.
Bunday holat «MYu»da APL va Angliya Kubogi doirasida so‘nggi 5 yilda ilk bor sodir bo‘ldi.
«Qizil iblislar» oxirgi marta 2015 yilgi Angliya chempionatida «Sautgempton» bilan o‘yinda (0:1) raqib darvozasiga aniq zarba berishmagan.
Manba: www.tribuna.uz