«MYu» Meddison uchun «Lester» ga 45 million va Lingardni taklif qiladi
05.01.2020, 18:45
«Маnchester Yunayted» va «Lester» futbolchi almashishlari mumkin deya xabar bermoqda Daily Mail.
Manbada aytilishicha, mankunianlar Jeyms Meddisonni qo'lga kiritmoqchi va buning uchun 45 million funt hamda Jessi Lingarddan voz kechishga tayyor.
Mazkur transferni klub rahbariyatidan «Мanchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher so'ragan.
Meddisonning transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi 23 ta o'yinda 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Lingardning transfer bozoridagi qiymati esa 32 million yevroni tashkil etib, joriy mavsumdagi 26 ta o'yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba: www.bombardir.ru