Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» davralar oralig‘ida «Tottenxem» futbolchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

06.01.2020, 16:58

«Tottenxem» klubi xavbeki Xarri Uinks «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar» 23 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi.

«MYu» rahbariyati Uinksni jarohat olgan Pol Pogba va Skott MakTominilarga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Ta’kidlash kerakki, Uinks uchun shuningdek «Manchester Siti» ham xaridor bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Uinks «Tottenxem» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi esa 40 mln yevroga baholanmoqda.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.01

Bu bolani Mourinio sotmaydi aniq
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты