Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» Vidal uchun talab qilinayotgan qiymatni to‘lashga tayyor

06.01.2020, 21:27

«Barselona» yarim himoyachisi Arturo Vidal «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.

DirecTV xabariga ko‘ra, inglizlar chililik futbolchi uchun talab qilinayotgan 20 mln yevro qiymatni to‘lashga tayyor.

Vidal «Manchester Yunayted»da jarohat olgan Pol Pogba va Skott MakTomini o‘rnini egallashi mumkin.

Avvalroq, Vidalning xizmatiga «Inter» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo «Barselona»ni italiyaliklar taklifi qoniqtirmadi.

Bu mavsumda 32 yoshli futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.01

olish kerak

  [off]
07.01

bizga vidalni duhi kerak. bollarni boshqarib ish buyrishi kerak ta oz ishini mutahasisi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты