Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» futbolchisi mashhur agentning mijoziga aylandi

06.01.2020, 21:32

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Jessi Lingard mashhur futbol agenti Mino Rayolaning mijoziga aylandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu holat Lingard bilan shartnomani uzaytirish payida yurgan «MYu»ga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Chunki, Rayola doimo o‘z mijozlari uchun yuqori moliyaviy talablar va o‘zi uchun katta xizmat haqqi talab qiladi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Lingard «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum «qizil iblislar» safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.01

Oldigi lingard yoq endi

  [off]
07.01

Lingard juda kucli òyinci edi yowligida lkn hozir umuman saviyasi Myuga tòģri kemaydi Derbi kauntida òynaw kk

  [off]
06.01

Тугриси унинг уйинини курмаганман

  [off]
06.01

biz ucun yaxshi rayola lingardni boshqa klubga olib ketadi. myuga rayola rayolaga myu yoqmaydi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты