Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Gvardiola: «MYu» Sulsher uchun o‘ynashni boshladi»

07.01.2020, 12:18

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan avval o‘z fikrlarini bildirdi.

«Yunayted»ga qarshi o‘yin derbi hisoblanadi. Angliyada ko‘plab top-klublar bor, bu boshqa mamlakatlarda bo‘lganidek bir yoki ikkita emas. Derbi muxlislarimiz uchun juda muhim.

Menimcha, «MYu» Sulsher uchun futbol o‘ynashni boshladi. Ular «Arsenal»ga yutqazishdi, ammo Sulsher jamoadan nimani istayotganini hamma tushunmoqda. Barcha turnirlarda g‘alaba qozonish talab etiladigan klubni boshqarish oson emas. Har bir murabbiyga vaqt kerak», – deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» o‘yini bugun, 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.01

bugun myu yirikroq yutishi kerak cunki sity yoshroq tarkib tashasa kerak bugun myu faqat G'ALABA

  [off]
07.01

Bugungi oyinda jamomizga omad chiroyi oyin va galaba
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты