Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

07.01.2020, 22:09

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba oyog‘ining to‘piq qismida jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Pogba aynan ushbu jarohati sabab butun mavsum davomida muammolarga yo‘liqayotgan, uch oy davomida maydonga tusha olmayotgandi. U dekabrda safga qaytgan bo‘lsa-da, ikki o‘yindan keyin qayta jarohat oldi. Natijada, uning bir oyga safdan chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Bugun, 7 yanvar kuni futbolchi Instagram’dagi sahifasida jarrohlik amaliyotidan keyingi videoni joylab, barcha qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Barchasi yaxshi o‘tdi. Juda ham baxtiyorman. Xushkayfiyatni saqlab, tabassum qilishda davom etishim kerak. Xuan Mata menga aytgandi: «Pol, hech qachon tabassum qilishdan to‘xtama» va bilasizki, men xuddi shunday davom etaman», – deya yozadi Pogba Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Pol Pogba Angliya Premer Ligasining ushbu mavsumida 7 o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
08.01

Enanikiga kirib ketsen zor bolardi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты